Mavlud Chavusho’g’li Ozarbayjon TIV rahbari Jayxun Bayramov bilan uchrashdi

“Ishg’oldan ozod qilingan hududlarni qayta tiklash va obodonlashtirish uchun yordamimiz davom etadi. Yaqinda ID karta bilan o’zaro sayohatlarni yo’lga qo’yamiz”,-deb ma’lum qiladi Mavlud Chavusho’g’li twitterdagi sahifasida.

1589476
Mavlud Chavusho’g’li Ozarbayjon TIV rahbari Jayxun Bayramov bilan uchrashdi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li kecha, 23 fevral kuni Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov bilan uchrashdi.

Chavusho’g’lining twitterdagi sahifasida ma’lum qilinishicha,  ikki yetakchi suhbat chog’ida Tog’li Qorabog’da olib borilayotgan faoliyatlarni muhokama qilgan.

Shuningdek, Tog’li Qorabog’da ishg’oldan ozod qilingan hududlarni qayta tiklash bo’yicha Turkiya va Ozarbayjon tashqi ishlar vazirliklari doirasida amalga oshirilayotgan faoliyatlar to’g’risida fikr almashildi.

“Ishg’oldan ozod qilingan hududlarni qayta tiklash va obodonlashtirish uchun yordamimiz davom etadi. Yaqinda ID karta bilan o’zaro sayohatlarni yo’lga qo’yamiz”,-deb ma’lum qiladi Mavlud Chavusho’g’li twitterdagi sahifasida.



Aloqador xabarlar