Erdo’g’an Ak partiyaning favqulodda kongressida ma’ruza qildi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Ak partiyaning favqulodda 7-kongressida so'zlagan nutqida terrorizmga qarshi kurashga to’xtaldi.

1588452
Erdo’g’an Ak partiyaning favqulodda kongressida ma’ruza qildi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Ak partiyaning favqulodda 7-kongressida ma’ruza qildi.

Prezident o’z ma’ruzasida terrorizmga qarshi kurashga to’xtaldi.

“Qurolli kuchlari bilan bu aziz vatanni ishg’ol qila olmasligiga iqror bo’lganlar yangi yo’llarni sinab ko’ryabdi. Bular terrorizmning eng qonli va eng zolimidir. Hakkari viloyatimiz terrorizmdan eng ko’p jabrlangan shaharlarimizdan biridir. Izmirda ham terror hujumlaridan jabrlangan juda ko’plab vatandoshimiz yashaydi. PKK terror tashkilotining jirkanch yuzini ular juda yaxshi bilishadi”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

Erdo’g’an: “Biz Judida, Gabarda, Tendurekda va Besler darasidamiz. Qayerda jangari bo’lsa biz o’sha yerga boramiz va kurashga tayyormiz. U yerlarni jangarilar mozoriga aylantiramiz”,-deb qo’shimcha qiladi Erdo’g’an.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar