Ertaga Erdo’g’an raisligida vazirlar kengashi yig’ilishi bo’lib o’tadi

Global xatar – koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashga bag’ishlangan yig’ilishda Turkiya sog’liqni saqlash vaziri Fahriddin Ko’ja ma’ruza qiladi. Koronavirusga qarshi olingan chora-tadbirlarning bugungi holati va natijasi haqida ma’lumot beradi.

1584706
Ertaga Erdo’g’an raisligida vazirlar kengashi yig’ilishi bo’lib o’tadi

 

Ertaga Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an raisligida vazirlar kengashi yig’ilishi bo’lib o’tadi.

Global xatar – koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashga bag’ishlangan yig’ilishda Turkiya sog’liqni saqlash vaziri Fahriddin Ko’ja ma’ruza qiladi. Mamlakatda koronavirusga qarshi olingan chora-tadbirlarning bugungi holati va natijasi haqida vazirlar kengashi a’zolariga ma’lumot beradi.

Koronavirusga qarshi kurash bo’yicha komissiya tavsiyalari doirasida bir qator yangi qarorlar qabul qilinadi.

Avvalroq, prezident Erdo’g’an koronavirus yuqtirish bilan bog’liq yangi holatlar soni pasaya boshlashiga qarab, kafe va restoranlarga qo’yilgan cheklovlarni bosqichma-bosqich yumshatish rejalashtirilganligini ma’lum qilgandi.

Yig’ilishda faoliyati cheklangan ishxonalarning ma’lum bir chora-tadbirlar olingan holda qayta ochilishi muhokama qilinadi.

Shuningdek, dam olish kunlari joriy etilgan komendantlik soati rejimini davom ettirib yoki ettirmaslik masalasi ham yig’ilish kun tartibiga kiritilgan. Pandemiya sharoitiga ko’ra, shaharlararo hududlarda normal hayotga qaytish rejasi bo’yicha ma’lum bir qarorga kelinadi.

Ta’kidlanganidek, qishloq hududlarida joylashgan maktablar 15 fevraldan boshlab yuzma-yuz ta’lim faoliyatini boshladi. 1 martdan e’tiboran esa, butun mamlakat bo’ylab boshlang’ich ta’lim maktablarida o’qish boshlanadi. Ayni vaqtda, 8- va 12-sinflar uchun yuzma-yuz darslar boshlanadi. Yig’ilishda, qolgan sinflarning qachon maktabga qaytishi muhokama qilinadi.

Bundan tashqari, Turkiyada olib borilayotgan koronavirusga qarshi emlash jarayoni, Xitoy va Germaniyaga buyurtma berilgan vaksinalar va mahalliy vaksina ishlab chiqarish faoliyatlari ham yig’ilish kun tartibidan joy olgan.

 



Aloqador xabarlar