Qozog‘iston TIV rahbari Vashingtonda Entoni Blinken bilan uchrashdi

Poytaxt Vashingtonda uchrashgan Nurtleu va Blinken, ikki davlat o'rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy va gumanitar sohalarda kengaytirilgan strategik sheriklikning rivojlanish jarayonini muhokama qildi.

2121046
Qozog‘iston TIV rahbari Vashingtonda Entoni Blinken bilan uchrashdi

 

Qozog‘iston Bosh vaziri o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu Vashingtonga tashrifi doirasida AQSh davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashdi.

Qozog'iston Tashqi ishlar vazirligidan berilgan bayonotga ko'ra, poytaxt Vashingtonda uchrashgan Nurtleu va Blinken, ikki davlat o'rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy va gumanitar sohalarda kengaytirilgan strategik sheriklikning rivojlanish jarayonini muhokama qildi.

Uchrashuvda Nurtleu Qozog‘istonning muvozanatli tashqi siyosatiga urg‘u berib, AQShning ilg‘or texnologiyalarini jalb qilish orqali Qozog'istonning transport, logistika, infratuzilma, savdo va sarmoyaviy salohiyatini oshirish hamda ikki tomonlama ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlashga ahamiyat berayotganligini bildirdi.

Qayd etilishicha, ikki mamlakat o’rtasidagi savdo hajmi o’tgan yili 33 foiz ortib, 4 milliard dollarga yetgan va bu doirada o’zaro manfaatli savdo aloqalarini rivojlantirish maqsad qilinmoqda.

Entoni Blinken, o'z navbatida AQSh Qozog‘iston prezidenti Qosim Jo‘mart Toqayev siyosatini olqishlaganligini hamda Vashington bu islohotlarni amalga oshirish uchun har tomonlama yordam berishga tayyorligini bildirdi.

Entoni Blinken AQSh Qozog‘istonning ko‘plab global muammolar bo‘yicha haqiqiy yetakchiligini tan olishini qo'shimcha qildi.

Mamlakatlar o‘rtasidagi energetika xavfsizlik, muhim minerallar, iqlim va tinchlikni saqlash kabi sohalardagi hamkorlikni olqishlagan holda, tomonlar “C5+1” formatidagi (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston va AQSH) muloqotni kengaytirish masalalarini ham muhokama qildilar.

Yetakchilar shuningdek, mazkur format doirasida o‘tgan yili Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan sammitda erishilgan kelishuvlar ijrosini ham ko'zdan kechirdilar.

 


Tanlangan kalimalar: #Murat Nurtleu , #AQSh , #Qozog'iston

Aloqador xabarlar