Qirg‘iziston Moskvada sodir bo‘lgan hujumni qoraladi

Qirg‘iziston, Moskvadagi “Krokus Siti Xoll” konsert zalida 22 - mart kuni sodir bo‘lgan hujumni qoraladi.

2119303
Qirg‘iziston Moskvada sodir bo‘lgan hujumni qoraladi

Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov Moskvadagi terakt munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga telegramma yo‘lladi.

Unda:

“22 - mart kuni Krokus Siti Xoll konsert zalida sodir bo‘lgan va oqibati ko‘pchilikning o‘limiga yo‘l ochgan otishma natijasida halok bo‘lganlarning qarindosh – uruq va yaqinlariga o‘z nomimdan va Qirg‘iz Respublikasi xalqi nomidan chuqur hamdardlik bildiraman.

​Ushbu jinoyatni keskin qoralash bilan bir qatorda bu illatga samarali qarshilik ko‘rsatishga qaratilgan sa’y – harakatlar hamda xalqaro terrorizmga qarshi kurashda butun dunyo hamjamiyatining bir yoqadan bosh, bir yengdan qo‘l chiqarishini qo‘llab - quvvatlaymiz”, - degan ifodalarga o‘rin berildi.



Aloqador xabarlar