O‘zbekiston Rossiyaga hamdardlik bildirdi

Moskva viloyatidagi "Krokus Siti Xoll" konsert zalida 22 – mart kuni sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘ldi.

2119301
O‘zbekiston Rossiyaga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaning Moskva viloyatidagi “Krokus Siti Xoll” konsert zalida sodir bo‘lgan fojia oqibatida o‘nlab begunoh insonlar qurbon bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Prezident Vladimir Putinga chuqur ta’ziya yo‘lladi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati ma’lumot bo‘lishdi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra, ta’ziya maktubida O‘zbekiston tinch aholiga qarshi qaratilgan bu terrorchilik harakatini qat’iy qoralashi hamda mazkur jinoyat tashkilotchilari va ijrochilariga jazo muqarrarligi ta’minlanishiga ishonch bildirilgan.

Unda Shavkat Mirziyoyev vafot etganlarning yaqinlariga bardamlik, barcha jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini ham tilagan.

 



Aloqador xabarlar