O'zbekiston Bosh konsulxonasida turk tadbirkor bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

Uchrashuvda O'zbekistonga xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, qo'shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

2118270
O'zbekiston Bosh konsulxonasida turk tadbirkor bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

 

O'zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari turkiyalik tadbirkor Rashid Xon bilan muzokara o'tkazdi.

Uchrashuvda O'zbekistonga xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, qo'shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Turk tadbirkoriga O'zbekistonda xorijiy investor uchun yaratilgan qulay ishbilarmonlik muhiti, biznesning davlat miqyosida qo'llab-quvvatlanishi, O'zbekistonning ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko'rsatish, shuningdek, logistika imkoniyatlari to'g'risida batafsil ma’lumot berildi.

Mamlakatda sanoat, transport, energetika, turizm va "yashil" iqtisodiyotni rivojlantirish sohalarida amalga oshirilayotgan yirik investitsiyaviy loyihalar ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida tomonlar Samarqand viloyatida sayyohlik majmuasini barpo etish loyihasini amalga oshirish istiqbollarini o'rganish to'g'risida kelishib oldilar.


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Turkiya

Aloqador xabarlar