Nazarboyevning Qozog‘iston Xalq Assambleyasiga umrbod raisligi bekor qilindi

Parlamentning yuqori palatasi – Senat haftalik yalpi majlisida mamlakatning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning siyosiy vakolatlarini nazarda tutuvchi qonun loyihasiga ayrim tuzatishlarni qabul qildi.

1769241
Nazarboyevning Qozog‘iston Xalq Assambleyasiga umrbod raisligi bekor qilindi

 

Qozog‘istonning birinchi prezidenti, Elboshi Nursulton Nazarboyevning Xavfsizlik Kengashi va Qozog‘iston Xalq Assambleyasiga umrbod raisligi bekor qilindi.

Parlamentning yuqori palatasi – Senat haftalik yalpi majlisida mamlakatning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning siyosiy vakolatlarini nazarda tutuvchi qonun loyihasiga ayrim tuzatishlarni qabul qildi.

Shunga ko‘ra, Nazarboyevning Qozog‘iston Xavfsizlik Kengashi va Qozog‘iston Xalq Assambleyasiga umrbod raislik qilish vakolatlari bekor qilindi.

Qonun loyihasi senatorlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.

Yuqorida tilga olingan qonun loyihasi bir hafta avval parlament a’zolari tomonidan ma’qullanib, Senatga taqdim etilgan edi.

Qozog‘istonni qariyb 30 yil boshqarganidan keyin 2019-yilda prezidentlikdan ketgan Nazarboyev Qozog‘iston Xavfsizlik Kengashi, Qozog‘iston Xalq Assambleyasi va “Nur Otan” partiyasi raisligidagi vazifalarini hamon davom ettirib kelayotgandi.

Nazarboyev joriy yil boshida mamlakatda ro‘y bergan voqealardan so‘ng Xavfsizlik kengashi raisligini prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayevga topshirgandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Qozog‘iston , #Nursulton Nazarboyev

Aloqador xabarlar