O‘zbekiston-Turkmaniston aloqalarining dolzarb masalalari muhokama qilindi

Bugun poytaxt Toshkentda O‘zbekiston-Turkmaniston aloqalarining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

1763913
O‘zbekiston-Turkmaniston aloqalarining dolzarb masalalari muhokama qilindi

Bugun 2022-yil 17-yanvar kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra uchrashuvga O‘zbekiston delegatsiyasiga Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vladimir Norov, Turkmaniston delegatsiyasiga esa Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Berdi Myatiyev rahbarlik qilgan.

Ucnda siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, suv xo‘jaligi, energetika, transport, madaniy-gumanitar sohalardagi O‘zbekiston-Turkmaniston aloqalarining dolzarb masalalari muhokama qilingan.

Mintaqadagi vaziyat, xavfsizlikka tahdidlar va xavf-xatarlar shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasida ikki mamlakatning o‘zaro hamkorligi yuzasidan fikr almashilgan.



Aloqador xabarlar