O'zbekistonda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni

O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi munosabati bilan harbiylarni tabrikladi.

1762585
O'zbekistonda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni

 

14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni...

O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Toshkent shahrida harbiy-vatanparvarlik Paradi o'tkazildi.

Harbiy xizmatchilardan iborat bo‘linmalar "Turkiston" san’at saroyidan — harbiy texnikalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tayotgan Xalqlar do‘stligi maydoniga qadar harakatlandi.

O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi munosabati bilan harbiylarni tabrikladi.

"Avvalo, o‘z hayotini ona yurtimizni himoya qilishdek ulug‘ va olijanob ishga bag‘ishlagan siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda ko‘pmillatli butun xalqimizni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Mana shu qutlug‘ ayyomda jonajon Vatanimizga sadoqat, azmu shijoat kabi el-yurtimizga xos yuksak fazilatlarning qadr-qimmati va ahamiyatini, ular hayotimizda tobora mustahkam o‘rin egallab borayotganini yanada teran anglaymiz va o‘zining jangovar faoliyati bilan buni amalda isbotlab kelayotgan sizdek g‘oyat olijanob kasb egalarini sharaflaymiz.

Shu bilan birga, jangovar burchini ado etishda mardlarcha halok bo‘lgan fidoyi harbiy xizmatchilarimizning nurli va so‘nmas xotirasiga chuqur hurmat bajo keltiramiz",-deydi Shavkat Mirziyoyev o'z tabrigida.



Aloqador xabarlar