Qirg‘iziston TDT Oqsoqollar kengashi yig‘ilishini Qozog‘istonda o‘tkazishni taklif qildi

Ruslan Kazakbayev Turk davlatlari tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida Qozog‘istondagi voqealarni baholash maqsadida onlayn tarzda navbatdan tashqari uyushtirilgan yig‘ilishida ishtirok etdi.

1761129
Qirg‘iziston TDT Oqsoqollar kengashi yig‘ilishini Qozog‘istonda o‘tkazishni taklif qildi

Qirg‘iziston Turk Davlatlari Tashkiloti (TDT) Oqsoqollar kengashi yig‘ilishini yaqinda Qozog‘istonda o‘tkazishni taklif qildi.

Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbayev Turk davlatlari tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida Qozog‘istondagi voqealarni baholash maqsadida onlayn tarzda navbatdan tashqari uyushtirilgan yig‘ilishida ishtirok etdi. 

Qirg‘izistonning 2022-yilning ilk kunlaridan beri qo‘shni Qozog‘istondagi oxirgi voqealarni yaqindan va chuqur qayg‘u bilan kuzatayotganini bildirgan Kazakbayev, Qozog‘istonga har tomonlama yordam berishga tayyor ekanliklarini ifoda etdi.

Kazakbayev Qozog‘iston tomonining murojaatiga ko‘ra Qirg‘izistonning Qozog‘istonga faqat strategik nuqtalarni qo‘riqlash uchun tajribali ofitserlar va shartnoma asosidagi askarlardan iborat bir guruh yoburoganini yodga soldi.

Kazakbayev, TDT Oqsoqollar kengashi (maslahat organi) yig‘ilishini tez orada Qozog‘istonda o‘tkazishni taklif qildi.



Aloqador xabarlar