TDT yigʻilishida Oʻzbekiston nomidan Abdulaziz Kamilov ishtirok etdi

Bugun TDTning tashqi ishlar vazirlari oʻrtasida onlayn tarzda navbatdan tashqari yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

1760814
TDT yigʻilishida Oʻzbekiston nomidan Abdulaziz Kamilov ishtirok etdi
TDT Kamilov-2.jpg

2022-yilning 11-yanvari kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Turk davlatlari tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida onlayn tarzda navbatdan tashqari uyushtirilgan yig‘ilishida ishtirok etdi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkiya, O‘zbekiston, Vengriya va Turkmaniston tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari Qozog‘istondagi mavjud vaziyatni muhokama qildi.

Shuningdek tashkilot a’zolari Qozog‘iston xalqi va rahbariyatini qat’iy qo‘llab-quvvatlashi va birdamligini ta’kidlab, tez orada mamlakatda tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishiga ishonch bildirdi.

Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonot qabul qilindi.


Tanlangan kalimalar: #TDT , #Abdulaziz Kamilov

Aloqador xabarlar