Turk Davlatlari Tashkilotiga a'zo davlatlar Qozog‘istonning yonida

Turk Davlatlari Tashkilotiga a'zo davlatlar bayonot orqali Qozog‘istonning yonida ekanliklarini bildirdilar.

1758281
Turk Davlatlari Tashkilotiga a'zo davlatlar Qozog‘istonning yonida

Turk Davlatlari Tashkiloti Qozog‘istondagi oxirgi vaziyat ustidan birdamlik mazmunida bayonot berdi.

Ushbu bayonotda, tashkilotga a’zo davlatlarning Qozog‘istondagi oxirgi vaziyatlardan kelib chiqib mamlakat tinchligi va barqarorligiga alohida e’tibor berishi va kuchli birdamlik ichida bo‘lishlari ta’kidlandi.  

Qozoq xalqining ehtiyotkorligi va oddiy hayot sharoitiga o‘tish istagidan amin ekanliklari ifoda etilgan bayonotda shuningdek,

“Qozog‘iston hukumatining muammoni tinch yo‘l bilan hal qilish, tartib va ​​osoyishtalikni qayta tiklash imkoniga ega ekaniga ishonchimiz komil. Biz Qozog‘iston hukumati va xalqiga ehtiyoj tug‘ulgudek bo‘lsa yordam berishga tayyorligimizni bildiramiz”.-degan ifodalarga o‘rin berildi.

Turk Davlatlari Tashkiloti tarkibidagi davlatlar o‘z bayonotida, voqealarda hayotdan ko‘z yumganlarga ta'ziya izhor etib, tan jarohati olganlarga shifo tiladi.

Eslatib o‘tamiz Turk Davlatlari Tashkilotiga Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston a’zodir.

Turkmaniston bilan Vengriya tashkilotga kuzatuvchi sifatida a’zo.

Turk kengashi degan nom ostida 2009-yili asos solingan tashkilot bugungi nomini 2021-yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tgan sammitda oldi.

 



Aloqador xabarlar