Ozarbayjon Qorabogʻni ishgʻoldan qutqarish amaliyotida 2 ming 908 shahid berdi

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi, Armanistonning magʻlubiyatni tan olgan shartnomaga qoʻl qoʻyishi bilan tugagan Qorabogʻ urushdagi qurbonlar soni haqidagi ma’lumotni yangiladi.

1723373
Ozarbayjon Qorabogʻni ishgʻoldan qutqarish amaliyotida 2 ming 908 shahid berdi

Ozarbayjon armiyasi Qorabogʻni ishgʻoldan qutqarish uchun olib borgan amaliyotida 2 ming 908 shahid berdi.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi 2020-yilning 27-sentabrida boshlanib 2020-yilning 10-noyabrida Armanistonning magʻlubiyatni tan olgan shartnomaga qoʻl qoʻyishi bilan tugagan urushdagi qurbonlar soni haqidagi ma’lumotni yangiladi.

Vazirlik maʼlumotlariga koʻra urushda 2 ming 908 askar shahid boʻlgan, 6 askar esa haligacha bedarak yoʻq.

Yuqorida nomi tilga olingan amaliyotda 5 shahar markazi, 4 shaharcha va 286 qishloq ozod etilib, Armaniston mag‘lubiyatni tan olib, ishgʻol ostidagi Agʻdam, Lochin va Kalbajar viloyatlarini ham evakuatsiya qilishni va’da qilgan shartnomani imzolagandi.

Armaniston armiyasi 2020-yilning 20-noyabri kuni Agʻdamni, 2020-yilning 25-noyabri kuni Kalbajarni, 2020-yilning 1-dekabri kuni esa Lochinni boshatgandi.

Urushda 2 ming 908 shahiddan tashqari tinch aholidan ozarbayjonlik 94 kishi Armaniston hujmi natijasida halok boʻldi.


Tanlangan kalimalar: #Ozarbayjon , #Qorabogʻ , #Armaniston

Aloqador xabarlar