O‘zbekistonning Turkiyadagi elchisi xalqaro mukofot bilan taqdirlandi

O‘zbekistonning Turkiyadagi elchisi Alisher A’zamxo‘jayev “Turkiy dunyoga ko‘rsatgan xizmatlari uchun” (“Türk Dünyası Hizmet Ödülü”) nominatsiyasi bo‘yicha mukofot bilan taqdirlandi.

1666304
O‘zbekistonning Turkiyadagi elchisi xalqaro mukofot bilan taqdirlandi

 

Joriy yil 26 iyun kuni Turkiyaning Istanbul shahrida turkiy tilli mamlakatlar siyosiy, ilmiy, madaniy, ishbilarmon va jamoatchilik doiralari hamda ommaviy axborot vositalari vakillarini “Ipak yo‘li yilning oltin odamlari” XVII xalqaro mukofoti (“17. İpekyolu Yılın Altın Adamları Ödül Töreni”) bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Turkiyaning Ipak yo‘li strategik tadqiqotlar markazi va “Ipak yo‘li” kompaniyasi tomonidan tashkil etildi.

Tantanali marosimda O‘zbekistonning Turkiyadagi elchisi Alisher A’zamxo‘jayev “Turkiy dunyoga ko‘rsatgan xizmatlari uchun” (“Türk Dünyası Hizmet Ödülü”) nominatsiyasi bo‘yicha mukofot bilan taqdirlandi.

Shuningdek, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Ukraina, Moldova va Ruminiya vakillariga ham turli nominatsiyalardagi mukofotlar topshirildi.

Turkiy tilli davlatlarda va Turkiyada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga topshiriladigan “Muvaffaqiyatli ishbilarmon” mukofoti sohiblari qatorida O’zbekistonning Samarqand viloyati Qo‘shrobot tumanida faoliyat yuritayotgan “Baktat” kompaniyalar guruhi rahbari Ali Baklan ham alohida tilga olindi.



Aloqador xabarlar