Malkoch: O‘zbekiston jahon sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ allomalar yurtidir

Turkiya Bosh ombudsmani Sherif Malkoch O‘zbekistonda.

1662020
Malkoch: O‘zbekiston jahon sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ allomalar yurtidir
şeref malkoç.jpg

O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi direktori Akmal Saidov  Turkiya Bosh ombudsmani Sherif Malkoch bilan uchrashdi. Bu haqida “Dunyo” AA ma’lum qildi.

Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz axborot xizmati ma’lumotiga tayangan ushbu ma’lumotga ko‘ra uchrashuvda so‘nggi yillarda O‘zbekiston-Turkiya munosabatlari ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlik doirasida izchil rivojlanib barayotgani qayd etilgan. Shuningdek oliy va yuqori darajadagi, xususan, parlamentlar, vazirlik va idoralar, ishbilarmon va ilmiy-akademik doiralar, shuningdek, viloyatlar o‘rtasidagi aloqalarning tobora muntazamlik kasb etib borayotgani ifoda etilgan.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning – Turkiyaga, Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning O‘zbekistonga amalga oshirgan tashriflari ikki tomonlama munosabatlarning rivojiga keng yo‘l ochib bergani taʼkidlangan.

Akmal Saidov Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi bilan Turkiyaning Ombudsman instituti o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalarining 2018- yildan buyon izchil amalga oshirilayotganini qayd etgan. Ma’lum qilinishicha keyingi ikki yilda har ikki tashkilot rahbarlarining o‘zaro tashriflari yana-da faollashadi.

Sherif Malkoch Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar haqida so‘z yuritar ekan, xalqlarning tili, madaniyati va dini bir ekanini taʼkidlagan. Shuningdek O‘zbekistonning nafaqat Turk dunyosi madaniyati va maʼnaviyati, ilm-fani va maʼrifati yuksalishiga, balki butun jahon sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ allomalar yurti ekaniga urg‘u berar ekan, mamlakatda yoshlar taʼlim-tarbiyasiga katta eʼtibor qaratilayotganini eʼtirof etgan.

Muloqotda tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini yangi bosqichga ko‘tarish istiqbollari ham muhokama qilingan. Xususan, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi bilan Turkiyaning Ombudsman instituti o‘rtasida o‘zaro anglashuv to‘g‘risida memorandum imzolash masalasi ko‘rib chiqilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida inson huquqlari sohasida axborot almashishni yana-da rivojlantirish xususida fikr yuritilgan. Ayniqsa, inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar faoliyatiga doir masalalar yuzasidan muntazam axborot almashishning muhimligi taʼkidlangan.

Maʼlumot uchun: Sherif Malkoch boshchiligidagi Turkiya delegatsiyasi Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning korrupsiyaga qarshi kurashish idoralari va ombudsmanlarining Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan 4-yig‘ilishida ishtirok etish uchun hozirda O‘zbekistonda.

 


Tanlangan kalimalar: #O‘zbekiston , #Sherif Malkoch

Aloqador xabarlar