Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev kecha Tatatriston poytaxti Qozon shahridagi maktablardan birida yuz bergan fojiali voqea ustidan Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi.

1638344
Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ushbu ma’lumotda Shavkat Mirziyoyev:

“Fojiali voqea -  Qozon shahridagi maktabda sodir bo‘lgan otishma oqibatida begunoh bolalar va yoshi kattalar halok bo‘lgani haqidagi xabar meni chuqur qayg‘ug‘a soldi.  

Hech qanday vaj bilan oqlab bo‘lmaydigan ushbu mudhish zo‘ravonlik harakatini qat‘iy qoralaymiz.

Sizga, qurbon bo‘lganlarning ota - onalari va yaqinlariga samimiy hamdardlik izhor etaman hamda jarohatlanganlar tez fursatda shifo topishlarini tilayman.

Ushbu musibatli damlarda O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqi Rossiya xalqi uchragan judolikka qayg‘udoshdir”. - degan ifodalarga o‘rin bergan.



Aloqador xabarlar