Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarov bilan chegaradagi vaziyatni ko‘rib chiqdi

Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarov bilan mintaqaviy hamkorlik va ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar ko‘rib chiqdi.

1631465
Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarov bilan chegaradagi vaziyatni ko‘rib chiqdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun 30 - aprel kuni  Qirg‘iziston  Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati, rasmiy veb sayti orqali ma’lumot tarqatdi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra suhbatda mintaqaviy hamkorlik va ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar ko‘rib chiqilgan.

Prezidentlar yuzaga kelgan vaziyatni tez fursatda hal qilishni muhokama qilganlar. Tojikiston va Qirg‘iziston tomonlari vaziyatni barqarorlashtirish va uning yanada keskinlashuviga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan kelishuvlarga erishilgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.

Yuzaga kelayotgan barcha masalalar ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, ishonch va sheriklik ruhidagi muloqat asosida hal qilinishi zarur ekani ta’kidlangan.

Davlat rahbarlari joriy yilning mart oyida Toshkent shahrida o‘tgan sammit yakunida qabul qilingan qo‘shma qaror va kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga ham alohida to‘xtalganlar.

Qabul qilingan majburiyatlarni so‘zsiz bajarish va ustivor loyihalarni ilgari surish maqsadida faol almashinuvlarni davom ettirish va hamkorlikni kengaytirish muhimligi qayd etilgan.

 



Aloqador xabarlar