O'zbekiston Аxborot texnologiyalari vazirligida Turkiya elchisi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

Vazir Sh. Sodiqov Turkiya Elchisini Oʻzbekistonga Favqulodda va Muxtor elchi etib tayinlangani munosabati bilan tabrikladi hamda yuksak va masʼuliyatli ishida muvaffaqiyat tiladi.

1630976
O'zbekiston Аxborot texnologiyalari vazirligida Turkiya elchisi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

 

Bugun, 29-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Turkiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Olgan Bekar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. 

Vazir Sh. Sodiqov Turkiya Elchisini Oʻzbekistonga Favqulodda va Muxtor elchi etib tayinlangani munosabati bilan tabrikladi hamda yuksak va masʼuliyatli ishida muvaffaqiyat tiladi.

Uchrashuv chogʻida tomonlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda hamkorlikni olib borish masalalarni muhokama qilishdi. Tomonlar axborot texnologiyalari sohasida Oʻzbekiston va Turkiya  oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha ulkan salohiyat mavjudligi hamda bu borada barcha imkoniyatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.


Tanlangan kalimalar: #Olgan Bekar , #O'zbekiston , #Turkiya

Aloqador xabarlar