Shavkat Mirziyoyev Tojikiston elchisini Faxriy yorliq bilan taqdirladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun O'zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Tojikiston Favqulodda va muxtor elchisi Sodiq Imomiyni qabul qildi.

1630029
Shavkat Mirziyoyev Tojikiston elchisini Faxriy yorliq bilan taqdirladi

 

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun O'zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Tojikiston Favqulodda va muxtor elchisi Sodiq Imomiyni qabul qildi.

Davlat rahbari Matbuot xizmati ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Prezidenti O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarida bugungi kunda ikki birodar mamlakat yetakchilarining siyosiy irodasi va qat’iy harakatlari tufayli yuksak darajaga erishilganini alohida ta’kidladi.

Bugungi kunda ikki tomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarni qamrab olgan va jadal rivojlanishda davom etmoqda, aniq mazmun bilan boyimoqda.

Yaqin oylarda Tojikistonga oliy darajadagi tashrif rejalashtirilgan bo‘lib, bugun ikki mamlakat hukumatlari uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan keng ko‘lamli hamkorlikning yangi kun tartibini shakllantirish ustida astoydil ishlamoqda.

Davlat rahbari ikki tomonlama munosabatlarning bugungi yuksak darajasiga erishishdagi katta xizmatlari va ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun elchi Sodiq Imomiyni O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan taqdirladi.

Diplomat uning mamlakatdagi faoliyatiga yuksak baholangani va har tomonlama qo‘llab-quvvatlangani uchun O‘zbekiston Prezidentiga chuqur minnatdorlik bildirdi.

Sodiq Imomiy mamlakatlar va xalqlar o‘rtasidagi birodarlik munosabatlarini mustahkamlash yo‘lidagi maqsad va vazifalarni so‘zsiz amalga oshirishga bundan buyon ham bor kuch-g‘ayratini qaratishini ta’kidladi.


Tanlangan kalimalar: #Shavkat Mirziyoyev , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar