Turkiyalik vakil O’zbekiston qishloq xo’jaligi vaziriga maslahatchi etib tayinlandi

O’zbekiston qishloq xo’jaligi vaziri Jamshid Xo’jayevga turkiyalik Muhammet Sedat Ko’ljuog’li maslahatchi etib tayinlandi. Bu haqda O'zbekiston Qishloq xo'jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

1625324
Turkiyalik vakil O’zbekiston qishloq xo’jaligi vaziriga maslahatchi etib tayinlandi

 

O’zbekiston qishloq xo’jaligi vaziri Jamshid Xo’jayevga turkiyalik Muhammet Sedat Ko’ljuog’li maslahatchi etib tayinlandi.

Bu haqda O'zbekiston Qishloq xo'jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotga ko’ra, taxminan 2 yildan beri O'zbekistondagi turk kompaniyasining bosh menejeri bo'lib ishlagan Ko’ljuo'g'li O’zbekiston Qishloq xo'jaligi vazirining maslahatchisi va vazirlik tarkibidagi Fermerlarni tayyorlash markazining direktori etib tayinlandi. Bu haqidagi qaror O’zbekiston Qishloq xo'jaligi vaziri Jamshid Xo’jayev tomonidan imzolangan.

Ilgari Qishloq xo'jaligi vazirligida fermerlarni o'qitish vazifasida ishlagan Ko’ljuo'g'li endilikda mamlakatdagi fermerlarning malakasini oshirish, qishloq xo'jaligi sohasida innovatsion texnologiyalarni joriy etish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish kabi vazifalarni bajaradi.

Muhammet Sedat Ko’ljuo’g’li Jahon banki ko'magi va qishloqlarni rivojlantirish loyihalari doirasida O'zbekistondagi fermerlarni o'qitish dasturlarini ishlab chiqish va butun mamlakat bo'ylab fermerlarni tayyorlash markazlarini tashkil etishga rahbarlik qiladi.

Ko’ljuo’g’li Anado’lu axborot agentligiga bergan intervyusida, mamlakat iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biri bo'lgan qishloq xo'jaligi jadal rivojlanayotgan O'zbekistonda mehnat qilayotganidan faxrlanishini va mamlakat qishloq xo'jaligini rivojlantirishga va uning malakasini oshirishga hissa qo'shishni maqsad qilganligini bildirdi.

Ko’ljuo’g’li O'zbekistonda Turkiyadagi tajribalarini o’rtoqlashadi. U Turkiya va O'zbekiston o'rtasida qishloq xo'jaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga hissa qo'shishni maqsad qilgan.



Aloqador xabarlar