Istanbul va Toshkent hamkorligiga oid memorandum imzolandi

Shu kunlarda Toshkent shahri Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Sanjar Ummatov boshchiligidagi delegatsiyaning Turkiya poytaxti Istanbul shahriga amaliy tashrifi davom etmoqda.

1609058

Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari Istanbul Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Ali Sukash hamda shu yo‘nalishdagi boshqa mas’ullar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida tomonlar shahar ko‘rkamligini oshirishning muhim omillari, obodonlashtirishda qo‘llanilayotgan yangi uslublar, gul va ko‘chatlarni ekish hamda parvarishlash jarayonida qo‘llanayotgan yangi texnologiyalar borasida fikr almashdi.

Shuningdek, mutaxassislar yo‘l qurilishi, ko‘priklarni saqlash va ta’mirlash, sug‘orish tizimini takomillashtirishga doir yangiliklar, iqlim sharoitiga mos amaliyotni joriy etish masalalariga ham e’tibor qaratdilar.

Muloqot yakunida Toshkent shahri Obodonlashtirish bosh boshqarmasi hamda Istanbul Obodonlashtirish boshqarmasi o‘rtasida hamkorlik va tajriba almashishga qaratilgan memorandum imzolandi.

Mazkur hujjat tizimlar tomonidan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, soha mutaxassislari o‘rtasida tajriba va malaka almashinuvini yo‘lga qo‘yishni nazarda tutadi.

Tanlangan kalimalar: #memorandum , #Toshkent , #Istanbul , #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar