O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlat chegarasi bo'yicha masalani muhokama qildi

O’zbekistonning Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi hukumatlari delegatsiyalarining O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

1608896

Mahalliy matbuotda tarqatilgan xabarlarga ko’ra, tomonlarning delegatsiyalariga O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov va Qirg‘iziston Respublikasi Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi Qamchibek Toshiyev rahbarlik qildi.

Ushbu yig‘ilish 11-12 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Sadir Japarov o‘rtasida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan sammit yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarga muvofiq tashkil etilganligi ta'kidlandi.

Muzokaralar yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston – Qirg‘iziston Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha qo‘shma yig‘ilish to‘g‘risidagi bayonot imzolandi.

Yig‘ilish ochiqlik, do‘stlik va hamjihatlik ruhida o‘tdi.

Tanlangan kalimalar: #Sadir Japarov , #Qirg'iziston , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar