Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov Rossiyaga tashrif buyurdi

Qirgʻiziston Respublikasi prezidenti Sadir Japarov birinchi xorijiy tashrifini Rossiyaga amalga oshirdi. Rasmiy qabul 24 fevral kuni Kreml saroyida boʻlib oʻtdi.

1590236
Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov Rossiyaga tashrif buyurdi
Sadır Caparov-Vladimir Putin 2.jpg
Sadır Caparov-Vladimir Putin 6.jpg
sadır Caparov-Vladimir Putin 4.jpg

 

Qirgʻiziston Respublikasi prezidenti Sadir Japarov birinchi xorijiy tashrifini Rossiyaga amalga oshirdi. Rasmiy qabul 24 fevral kuni Kreml saroyida boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv avvalida Qirgʻiziston prezidenti Japarov Vladimir Putinga Rossiyaga taklifi uchun minnatdorlik bildirdi va ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarning yuqori darajada ekanini qayd etdi.

“Qirgʻiziston prezidenti sifatida mening birinchi xorijiy tashrifim Rossiyaga amalga oshirilishi – shubhasiz, davlatlarimiz orasida munosabatlar yuqori darajada ekanini tasdiqlaydi. Biz strategik hamkorlikni va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashda davom etamiz”, - dedi Sadir Japarov.

Shuningdek Qirgʻiziston prezidenti respublikada siyosiy inqirozni bartaraf etishda Rossiyaning yordami uchun alohida minnatdorlik billdirdi.

“Biz YEOII, MDH, KXSHT va SHHT doirasida hamkorlikni davom ettiramiz. Bu respublikamizning  tashqi siyosiy va iqtisodiy rivojlanish yoʻlida - ustuvor yoʻnalish boʻlib qoladi. Pandemiya kabi murakkab davrda bizga koʻrsatgan yordamingiz uchun sizga alohida minnatdorlik bildirmoqchimiz. Rossiya vaktsinasining yuqori samaradorligi va xavfsizligi dunyo hamjamiyati tomonidan tan olingan. Biz ham yaqin orada aholini ommaviy vaktsinatsiya qilish kampaniyasini boshlashdan umidvormiz”, - dedi Qirgʻiziston prezidenti.

Uchrashuv davomida Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov Vladimir Putinni unga qulay boʻlgan vaqtda Qirgʻizistonga taklif qildi.

Rossiya prezidenti Sadir Japarovni prezidentlik lavozimiga rasman kirishishi bilan tabrikladi va koronavirus bilan bogʻliq cheklovlar tufayli ushbu uchrashuvni tashkil qilish oson boʻlmaganini taʼkidladi.

Shuningdek Putin, Rossiya va Qirgʻiziston munosabatlari ittifoqchilik darajasida ekanini hamda iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Rossiya Qirgʻizistonning birinchi darajali hamkori ekanini alohida qayd etib oʻtdi.

Undan tashqari, Rossiya prezidenti koronavirusga qarshi kurash borasida Qirgʻizistonda olib borilayotgan ishlar samarali ekanini va bu borada Rossiya bilan hamkorlikni yanada chuqurlashtirish borasida bildirilayotgan qoʻshimcha takliflar borasida Rossiya Qirgʻizistonni qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi.

Shu bilan birga, Vladimir Putin Sadir Japarovga Qirgʻizistonda rus tilining davlat tili maqomida saqlab qolinayotgani uchun alohida minnatdorlik bildirib oʻtdi.

Vladimir Putin rus tili Qirgʻiziston fuqarolariga Rossiyada mehnat qilishi uchun qulay imkoniyatlar yaratishini va kelajakda ham ushbu samarali hamkorlik saqlanib qolishini qayd etdi va Qirgʻizistonda rus tilini oʻrganish uchun sharoit yaratishda yordam berishini ta’kidladi.


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Sadir Japarov , #Qirg'iziston

Aloqador xabarlar