“Mozart” kemasida o‘ldirilgan Ferman Ismailovning jasadi Bokuga yuborildi

“Mozart” kemasi ekipajlaridan ozarbayjonlik dengizchi Ferman Ismailovning jasadi, Ozarbayjon poytaxti Bokuga yuborildi.

1572021
“Mozart” kemasida o‘ldirilgan Ferman Ismailovning jasadi Bokuga yuborildi

Nigeriya qirg‘og‘idan uzoq nuqtada hujumga uchragan “Mozart” kemasi ekipajlaridan ozarbayjonlik dengizchi Ferman Ismailovning jasadi, Ozarbayjon poytaxti Bokuga yuborildi.

Gabon poytaxti Librevildan bugun ertalab Turk Havo yo‘llari (THY) ga oid uchoq orqali Istanbul aeroportiga olib kelingan Ismailovning jasadi, yuk tashuvchi uchoqqa olib o‘tildi.

Jasad, kerakli rasmiy protsedura ortidan soat 07:30 da THYning Istanbul - Boku safarinini yo‘lga qo‘ygan TK0332 raqamli uchoqqa joylashtirilib, dafn etilishi uchun tug‘ilib o‘sgan yurti Bokuga jo‘natildi. 

Liberiya bayrog‘i ilingan va “Mozart” deb nomlangan kema 23 - yanvar kuni Nigeriyaning Lagos shahri qirg‘og‘idan qariyb 180 mil uzoqlikda dengiz qaroqchilari tomonidan hujumga uchragandi.

Nigeriyaning Lagos shahridan Janubiy Afrikaning Keyptaun shahriga qarab yo‘l olgan kemadagi 19 kishilik ekipajdan ozarbayjonlik bir kishi o‘ldirilar ekan, 15 kishi og‘irlandi.


Tanlangan kalimalar: #Ferman Ismailov , #Mozart

Aloqador xabarlar