Qozog‘istonda yangi hukumatning tashkil topishi uchun amaldagi hukumat iste’foga chiqdi

Qozog‘istonda yangi hukumatning tashkil topishi uchun Bosh vazir Asqar Mamin yetakchiligidagi hukumat iste’foga chiqdi.

1564299
Qozog‘istonda yangi hukumatning tashkil topishi uchun amaldagi hukumat iste’foga chiqdi

Qozog‘istonda 10 - yanvar kuni bo‘lib o‘tgan parlament saylovidan keyin Bosh vazir Asqar Mamin yetakchiligidagi hukumat, yangi hukumatning tashkil topishi uchun iste’foga chiqdi.

Prezidentlik apparati Matbuot xizmati tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Prezident Qosim Jomart Toqayevning konstitutsiya talabiga muvofiq parlament saylovi ortidan, mamlakatda yangi hukumat tasdiqlangunga qadar mavjud kabina a’zolarining o‘z vazifasini bajarishni davom etishlari kerakligi haqidagi qarornomaga qo‘l qo‘ygani ma’lum qilindi.

Bunga ko‘ra mamlakatning amaldagi Bosh vaziri Asqar Mamin yetakchiligidagi hukumat iste’foga chiqdi va yangi kabina tashkil etilgunga qadar o‘z vazifalarini davom etishlari haqida qaror qabul qilindi.

Qozog‘istonda 10 - yanvar kungi parlament saylovida, hukmronlikdagi “Nur otan” partiyasi 71.9, Qozog‘iston demokratik partiyasi “Aq jol” 10.95 va Qozog‘iston Xalq partiyasi 9.10 foiz ovoz olib, 7 foizlik baryerdan o‘tishga muvaffaq bo‘lgandi.


Tanlangan kalimalar: #Qozog‘iston , #Asqar Mamin , #yangi hukumat

Aloqador xabarlar