Qirg‘izistondagi prezidentlik saylovida sobiq Bosh vazir Sadir Japarov oldinda

Qirg‘izistondagi kecha bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida sobiq Bosh vazir Sadir Japarov oldinda.

1560969
Qirg‘izistondagi prezidentlik saylovida sobiq Bosh vazir Sadir Japarov oldinda

Qirg‘izistonda kecha (10.01.2021) bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida sobiq Bosh vazir Sadir Japarov g‘alaba qozondi. U noaniq natijalarga ko‘ra 79.18 foiz ovoz oldi.  

Markaziy Saylov komissiyasi rahbari Nurjan Shaildabekova, 2 474 saylov uchastkasida ovoz berish ishlarining tamomlangani va ovozlarning 96.44 foizining sanalganini ma’lum qildi.

Mamlakatda 3 million 563 ming 574 saylovchi borligini qayd etgan Shaildabekova, prezidentlik saylov va davlat boshqaruv shakli uchun 1 million 339 ming 638 saylovchining ovoz berganini va buning umumiy saylovchilarning 37.59 foizni tashkil etishini bildirdi.

Shaildabekova noaniq natijalarga ko‘ra ovozlarning 79.18 foizini olgan Sadir Japarovning saylovda oldinda ekanini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.

Shaildabekova, ayni vaqtda mamlakatning boshqaruv shaklini aniqlab olish uchun ham bo‘lib o‘tgan referendumda saylovchilarning 34.29 foizining ovoz bergani, ularning 81.2 foizining “davlat rahbarligi” yo‘lini tanlaganini ifoda etdi.  



Aloqador xabarlar