Qirg‘iziston prezidenti saylovlarida Sadir Japarov g‘alaba qozondi

Qirg’iziston markaziy saylov komissiyasi va referendum komissiyasi rahbari Nurjan Shaildabekova norasmiy natijalarga ko’ra, Sadir Japarov 79,18 foiz ovoz bilan prezidentlik saylovida g‘alaba qozonganini e’lon qildi.

1561255
Qirg‘iziston prezidenti saylovlarida Sadir Japarov g‘alaba qozondi

 

Qirg’izistonda prezident saylovi g’olibi Sadir Japarov poytaxt Bishkekda matbuot anjumani o’tkazdi.

Oxirgi 30 yilda mamlakatda korrupsiya har sohada ildiz otganiga e’tibor qaratgan Japarov, korrupsiyaga qarshi kurashda barcha bir yoqadan bosh chiqarishi kerakligini aytdi.

“Eski hukumatlar yo’l qo’ygan xatolarni takrorlamaymiz. Siyosiy bosimdan uzoq turamiz. Qonunni buzganlarni kechirmaymiz”,-deb aytgan Sadir Japarov.

Uning ta’kidlashicha, mamlakatda mavjud muammolarni bartaraf etish uchun 1 yoki 2 yil yetarli emas.

“Siyosiy barqarorlik o’rnatilgan taqdirda, Qirg’izistonni 3-4 yil ichida iqtisodiy inqirozdan olib chiqaman”,-dedi Sadir Japarov.

Qirg’iziston markaziy saylov komissiyasi va referendum komissiyasi rahbari Nurjan Shaildabekova norasmiy natijalarga ko’ra, Sadir Japarov 79,18 foiz ovoz bilan prezidentlik saylovida g‘alaba qozonganini e’lon qilgandi.

Saylov g’olibi Japarovga qo’shni mamlakatlardan samimiy tabriklar kela boshladi. Jumladan, bugun 11 yanvar kuni Qozog’iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev o‘zaro telefon muloqotida hamkasbini saylovdagi ishonchli g‘alabasi bilan tabriklagan.

Shuningdek, To‘qayev yangi saylangan Qirg‘iziston prezidentini rasmiy tashrif bilan Qozog’istonga taklif qilgan. Sadir Japarov ushbu taklifni qabul qilib, rozilik bildirgan.

Ayni vaqtda Japarov ham Qozog’istonda parlament saylovlari muvaffaqiyatli o’tgani munosabati bilan Toqayevni tabriklagan.

Ta’kidlanganidek, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning ilk rasmiy tashrifi Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev taklifiga binoan, qo‘shni davlat Qozog‘iston Respublikasiga amalga oshiriladi. 

 


Tanlangan kalimalar: #Sadir Japarov , #Qirg'iziston

Aloqador xabarlar