Ertaga Rossiya, Ozarbayjon va Armaniston yetakchilari uchrashadi

Ertaga, 11 yanvar kuni Rossiya prezidenti Putin Moskvada Ozarbayjon prezidenti Aliyev va Armaniston bosh vaziri Pashinyan bilan uchrashadi. Tomonlar Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha kelishuvining amalga oshirilishi qanday borayotganini muhokama qilishadi.

1560831
Ertaga Rossiya, Ozarbayjon va Armaniston yetakchilari uchrashadi

 

Ertaga, 11 yanvar kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvada Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan uchrashadi.

Tomonlar Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha kelishuvining amalga oshirilishi qanday borayotganini muhokama qilishadi. Bundan tashqari, Putinning Aliyev va Pashinyan bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.  

Kreml matbuot xizmati xabar berishicha, Tog‘li Qorabog‘da harbiy harakatlar natijasida jabrlangan aholiga yordam ko‘rsatish, savdo-iqtisodiy va transport aloqalarini tiklash va rivojlantirish masalalariga alohida e'tibor qaratiladi.   

Mazkur uchrashuv Putin tomonidan taklif qilingan.



Aloqador xabarlar