Sport vaziri Yevropa chempionatidan qaytgan turk sportchilarni kutib oldi

Yoshlik va sport vaziri Mehmet Muharrem Kasapog'lu, Izmirda Gimnastika bo'yicha Yevropa chempionatidan medal bilan qaytgan turk sportchilarni kutib oldi.

1976239
Sport vaziri Yevropa chempionatidan qaytgan turk sportchilarni kutib oldi
Kasapoğlu İzmir sporcu karşılama Togg ...jpg
Kasapoğlu İzmir sporcu karşılama Togg 2.jpg
Kasapoğlu İzmir sporcu karşılama Togg 3.jpg
Kasapoğlu İzmir sporcu karşılama Togg 4.jpg

 

Yoshlik va sport vaziri Mehmet Muharrem Kasapog'lu, Izmirda Gimnastika bo'yicha Yevropa chempionatidan medal bilan qaytgan turk sportchilarni kutib oldi.

Vazir Kasapog'lu, Antaliyada o'tkazilgan badiiy gimnastika bo'yicha Yevropa chempionatidan qaytgan turk sportchilarni Adnan Menderes aeroportida kutib oldi.

Sportchilarni tabriklab, qo‘lga kiritilgan medallar butun Turkiyani g‘ururlantirayotganini tilga olgan Kasapog‘lu, “Turkiya hozirda ko‘plab sohalarda bo‘lgani kabi gimnastikada ham tarix yozmoqda. Oldinda bizni Parij 2024 yil kutmoqda. Ishonchim komilki, biz Parijda yangi muvaffaqiyatlar bilan yuqoriga ko'tarilamiz”, - dedi u.

Turkiyaning yana bir g'ururi mahalliy va milliy avtomobil Togg ekanligini eslatgan Kasapog'lu, "Bizni g'ururlantirdi. Bizni yana bir g'urur kutmoqda, ularni Togg bilan  kutib olaman" deya bildirdi.

Vazir Kasapog'lu, Adem Asil va boshqa sportchilar bilan Toggga minib, aeroportdan jo'nab ketdi.

 



Aloqador xabarlar