“Hatayspor” futbol klubi sport direktori Taner Savut zilzilada halok bo'ldi

Turkiyadagi zilzilalardan so‘ng bedarak yo‘qolgan “Hatayspor” sport direktorining jasadi topildi. Ma’lum bo‘lishicha, Taner Savut 6 fevraldan beri ko‘p qavatli uy vayronalari ostida qolib ketgan.

1950244
“Hatayspor” futbol klubi sport direktori Taner Savut zilzilada halok bo'ldi

 

Turkiyadagi zilzilalardan so‘ng bedarak yo‘qolgan “Hatayspor” sport direktorining jasadi topildi. 

Ma’lum bo‘lishicha, Taner Savut 6 fevraldan beri ko‘p qavatli uy vayronalari ostida qolib ketgan.

“Sport direktorimiz Taner Savutni yo‘qotishdan chuqur qayg‘udamiz. Biz sizni unutmaymiz, Taner! Har doim qalbimizdasiz”, deyiladi “Hatayspor” klubi bayonotida. 

Qayd etilishicha, Savutning jasadi topilgan Ronesans qarorgohi “zilzila sodir bo‘lgandan keyin Turkiyada yomon qurilish amaliyotining ramziga aylangan”.

Taner Savutning dafn marosimi Izmirda bo'lib o'tdi.

U ham “Hatayspor”ning ganalik futbolchisi Kristian Atsu vafot etgan ko'p qavatli binoda yashardi.

Taner Savutning jasadi Adanada ekspertlar tomonidan aniqlangach, dafn uchun Izmir shahriga olib kelindi.

Dafn marosimida Savutning ukasi Ali Savut va yaqinlaridan tashqari “Atakaş Hatayspor” bosh murabbiyi Volkan Demirel, murabbiylar Serkan O'zbalta, Mehmet Altiparmak, Turgay Altay, Hamza Hamzaog‘lu, Erol Bulut, futbolchilar hamda Savutning do‘stlari va yaqinlari ishtirok etdi.

Sport faoliyatini “Izmirspor” klubida boshlagan Taner Savut “Fenerbaxche”, “Goztepe”, “Alanyaspor”, “Sakaryaspor”, “Siirtspor” va “Tokatspor” klublarida davom ettirgandi.

48 yoshida olamdan o'tgan Taner Savut "Alanyaspor", "Manisa FK" va "Hatayspor" klublarida sport direktori bo'lib ishlagan.


Tanlangan kalimalar: #Taner Savut , #zilzila , #Turkiya , #Hatay

Aloqador xabarlar