O'zbekiston V Islom birdamlik o‘yinlari g‘oliblarini pul mukofoti bilan taqdirlaydi

Turkiyada bo‘lib o‘tgan V Islom birdamligi o‘yinlari g‘oliblari 5 ming AQSH dollarigacha mukofotlanadi.

1870206
O'zbekiston V Islom birdamlik o‘yinlari g‘oliblarini pul mukofoti bilan taqdirlaydi

 

Turkiyada bo‘lib o‘tgan V Islom birdamligi o‘yinlari g‘oliblari 5 ming AQSH dollarigacha mukofotlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Turkiyaning Konya shahrida bo‘lib o‘tgan V Islom birdamligi o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar hamda ularning trenerlarini bir martalik pul mukofotlari bilan rag‘batlantirish to‘g‘risida“gi qarorida belgilangan.

Qaror bilan V Islom birdamligi o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar:

•  oltin medal uchun – 5 ming AQSH dollari;
•  kumush medal uchun – 3 ming AQSH dollari;
•  bronza medal uchun – 2 ming AQSH dollari;

Sportchilarni tayyorlagan trenerlar:

•  oltin medal uchun – 2,5 ming AQSH dollari;
•  kumush medal uchun – 1,5 ming AQSH dollari;
•  bronza medal uchun – 1 ming AQSH dollari miqdoridagi bir martalik mablag‘lar bilan mukofotlanadi.

Ma’lumot uchun, musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasi umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladi.

Mazkur musobaqada o‘zbekistonlik sportchilar 51 ta oltin, 42 ta kumush, 65 ta bronza, jami 158 ta medalni qo‘lga kiritgan.

 



Aloqador xabarlar