V Islom birdamlik o'yinlari o'z nihoyasiga yetdi

Turkiya medallar reytingida birinchi o'rinni egalladi. Milliy sportchilar jami 341 ta medal, jumladan, 145 ta oltin, 107 ta kumush va 89 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

1870178
V Islom birdamlik o'yinlari o'z nihoyasiga yetdi
İslami Dayanışma Oyunları.jpg

 

Turkiyaning Konya shahrida o'tkazilgan V Islom birdamlik o'yinlari yakunlandi.

Musobaqalar Selchuk universitetining 15 iyul stadionida Davlat madhiyasi bilan boshlandi. 

V Islom birdamlik o'yinlarining yopilish marosimida Turkiya Yoshlar va sport vaziri Mehmet Muharrem Kasapog'lu hamda Islom birdamlik o'yinlari sport federatsiyasi prezidenti Abdulaziz Bin Turki Al Faysal Al Saud ishtirok etdi.

Tantanali tadbirda yorug‘lik shoulari va salyutlar namoyish etildi. 54 davlatdan 6 mingga yaqin sportchi qatnashgan parad ko'zni qamashtirdi.

Sportchilarning o'tish lahzalari rang-barang tasvirlarga sahna bo'ldi.

Yoshlar va sport vaziri Mehmet Muharrem Kasapog'lu V Islom birdamlik o'yinlari bayrog'ini Islom birdamlik o'yinlari sport federatsiyasi prezidenti Abdulaziz Bin Turki Al Faysal Al Saudga topshirdi.


Tantanali tadbir turk san'atkor Kubat ijrosidagi katta konsert dasturi bilan yakunlandi.

“Islom birdamlik o‘yinlari”da Turkiya milliy sportchilari katta muvaffaqiyatlarga erishdi.

Turkiya medallar reytingida birinchi o'rinni egalladi.

Milliy sportchilar jami 341 ta medal, jumladan, 145 ta oltin, 107 ta kumush va 89 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.


Tanlangan kalimalar: #Konya , #V Islom birdamlik o‘yinlari

Aloqador xabarlar