O'zbekiston V Islom birdamlik o‘yinlarida 49ta oltin medalni qo'lga kiritdi

Turkiyaning Konya shahrida bo‘lib o‘tgan Islom birdamligi o‘yinlari nihoyasiga yetdi. So‘ngi kungi musobaqalar ham O‘zbekiston delegatsiyasi uchun omadli keldi.

1870190

O‘zbekiston va jahon gimnastikasining afsonasi Oksana Chusovitina Islom birdamligi o‘yinlarida oltin medalga sazovor bo‘ldi. Chusovitina tayanib sakrash dasturida ishtirok etib, eng yaxshi natijani qayd etdi va shohsupaning birinchi pog‘onasidan joy oldi.

Shuningdek, “Selcuklu Municipality”  arenasidan yana bir o‘zbekistonlik kikbokschi Mahmud Hayotov ham tengsiz bo‘ldi. -75 kg vazn toifasida jang qilgan Mahmud hal qiluvchi bahsda ozarbayjonlik sportchidan ustun kelib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Avvalroq, kikboks bo‘yicha bahslarda Mavlon Muhammadjonov chempionlikni qo‘lga kiritgandi. Bundan oldin Oksana Chusovitina boshchiligidagi sport gimnastikasi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari kumush medallar bilan taqdirlangani haqida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston delegatsiyasi Islom birdamligi o‘yinlarida 49 ta oltin, 38 ta kumush va 56 ta bronza, umumiy hisobda 143 ta medal jamg‘ardi. Bu ko‘rsatkich borasida faqatgina mezbon Turkiya O‘zbekistondan oldinda bo'ldi.

Aloqador xabarlar