Konya-2021: O'zbek yunon-rum kurashchisi oltin medalni qo'lga kiritdi

Turkiyaning Konya shahrida o‘tayotgan V Islom birdamlik o‘yinlarida o'zbekistonlik sportchilar ulkan muvaffaqiyatlarga erishmoqda.

1868512
Konya-2021: O'zbek yunon-rum kurashchisi oltin medalni qo'lga kiritdi

 

Turkiyaning Konya shahrida o‘tayotgan V Islom birdamlik o‘yinlarida o'zbekistonlik sportchilar ulkan muvaffaqiyatlarga erishmoqda.

Jumladan, yunon-rum kurashchisi Jalgasbay Berdimuratov musobaqaning -87 kg. vazn toifasida O'zbekiston sharafini himoya qilib, final bahsida eronlik Ramin Soltanmurodni 11:2 hisobida mag'lub etdi va oltin medal sohibiga aylandi.

Shuningdek, yunon-rum kurashchilaridan Muhammadqodir Yusupov va Abror Ataboyev o‘z vazn toifasida bronza medalni qo‘lga kiritdi.



Aloqador xabarlar