V Islom birdamlik o‘yinlarida Turkiya peshqadamlik qilmoqda

Turkiya 11 avgust holatiga ko‘ra, 34 ta oltin, 30 ta kumush, 25 ta bronza, jami 89 ta medal jamg‘argan bo‘lsa, eronlik sportchilar 15 ta oltin, 14 ta kumush, 10 ta bronza medali bilan jadvalning 2-o‘rnida bormoqda.

1867241
V Islom birdamlik o‘yinlarida Turkiya peshqadamlik qilmoqda

 

Turkiyaning Konya shahrida o‘tayotgan V Islom birdamlik o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi bugunga qadar 11 ta oltin, 10 ta kumush, 18 ta bronza bo'lib, jami 39 ta medal jamg‘argan holda 56 ta davlat orasida umumjamoa hisobida 3-o‘rinda bormoqda.

Mazkur musobaqada eng ko‘p medal jamg‘arayotgan terma jamoalar orasida Turkiya terma jamoasi peshqadamlik qilmoqda.

Mezbonlar 11 avgust holatiga ko‘ra, 34 ta oltin, 30 ta kumush, 25 ta bronza, jami 89 ta medal jamg‘argan bo‘lsa, eronlik sportchilar 15 ta oltin, 14 ta kumush, 10 ta bronza medali bilan jadvalning 2-o‘rnida bormoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasidan so‘ng Ozarbayjon 7 ta oltin, 10 ta kumush, 8 ta bronza, jami 25 ta medal bilan to‘rtinchi, Bahrayn esa 7 ta oltin, 4 ta kumush 2 ta bronza jamg‘argan holda kuchli beshlikni yakunladi.

Musobaqalar davom etmoqda!


Tanlangan kalimalar: #V Islom birdamlik o‘yinlari , #Konya

Aloqador xabarlar