O‘zbekistonlik sportchilar Turkiyaning Konya shahriga tashrif buyurmoqda

Joriy yilning 9-18 avgust kunlari Turkiyaning Konya shahri bo'lib o'tadigan V Islom birdamlik o‘yinlarida o'zbekistonlik 265 nafar atlet ishtirok etadi.

1865116
O‘zbekistonlik sportchilar Turkiyaning Konya shahriga tashrif buyurmoqda

 

Joriy yilning 9-18 avgust kunlari Turkiyaning Konya shahri V Islom birdamlik o‘yinlariga mezbonlik qiladi.

V Islom birdamlik o‘yinlarida ishtirok etadigan O‘zbekiston sportchilar jamoasi 6 avgust kuni musobaqaga ko‘tarinki ruhda kuzatib qo‘yildi.  

IV Islom birdamlik o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi 121 nafar sportchi bilan qatnashgan bo'lsa, bu safar 265 nafar atlet Turkiyadagi V Islom birdamlik o‘yinlarida ishtirok etishadi.

Ma’lumot uchun, 5-avgust kuni V Islom birdamlik o‘yinlarida musobaqa rasmiy ochilishidan oldin velosport bo‘ycha bellashuvlarga start berilgan edi. O'zbekistonlik Sofiya Karimova V Islom birdamlik o‘yinlarida velosport bo‘yicha bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, V Islom birdamlik o‘yinlarida dunyoning 55  mamlakatidan sportchilarning ishtirok etishi kutilmoqda. O‘yinlar Turkiyaning Konya shahridagi 8 ta inshootda o‘tkaziladi.


Tanlangan kalimalar: #Konya , #V Islom birdamlik o‘yinlari

Aloqador xabarlar