Sivasspor o'z tarixida ilk bor Turkiya kubogini qo'lga kiritdi

Turkiya kubogida ilk bor g'alaba qozongan "Sivasspor" UEFA Yevropa Ligasida ishtirok etadi.

1833607
Sivasspor o'z tarixida ilk bor Turkiya kubogini qo'lga kiritdi

 

Sivasspor o'z tarixida ilk bor Turkiya kubogini qo'lga kiritdi.

Joriy mavsumda 60-marotaba o'tkazilgan Ziraat Turkiya kubogi finalida Yukatel Kayserispor va Demir Grup Sivasspor jamoalari Istanbulda bellashdi.

Demir Grup Sivasspor Yukatel Kayserisporni 3-2 hisobida mag'lub etib kubokni qo'lga kiritdi.

1:1 hisobida yakunlangan uchrashuv qo'shimcha taymlarga borib taqaldi.

Qo'shimcha taymlarda Demir Grup Sivasspor, Yukatel Kayserisporni 3-2 hisobida mag'lub etdi va kubok sohibi bo'ldi.

“Sivasspor”ning gollari 60-daqiqada Appindangoye, 95-daqiqada Maks Gradel va 113-daqiqada Mussa Konate tomonidan kiritildi.

"Kayserispor"ning gollarini 33-daqiqada Ramazon Civelek va 107-daqiqada İlhan Parlak kiritdi.

Turkiya kubogida ilk bor g'alaba qozongan "Sivasspor" UEFA Yevropa Ligasida ishtirok etadi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Sivasspor

Aloqador xabarlar