Antaliyadagi xalqaro musobaqada Alisher Yusupov kumush medalga sazovor bo'ldi

Türkiyening Antaliya shahrida dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” musobaqasi yakunlandi.

1806701
Antaliyadagi xalqaro musobaqada Alisher Yusupov kumush medalga sazovor bo'ldi

 

Türkiyening Antaliya shahrida dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” musobaqasi yakunlandi.

Xalqaro dyudo federatsiyasi (IJF) taqvim rejasidan joy olgan nufuzli musobaqada dunyoning oltmishdan ortiq mamlakatidan kelgan eng kuchli sportchilar g‘oliblik uchun kurash olib bordi. 
Mukofot jamg‘armasi 154 ming yevrodan iborat xalqaro turnirning eng og‘ir vazn toifasida xorazmlik polvon  Alisher Yusupov O'zbekiston sharafini himoya qildi.
Alisher Yusupov saralashda Shvetsiya, Niderlandiya, Ozarbayjon vakillarini, yarim finalda vengriyalik raqibini ajoyib usullar bilan mag‘lubiyatga uchratdi. 
Finalda Alisher Yusupov gruziyalik Guram Tushishvili bilan chempionlik uchun bahs olib bordi. Bellashuvda A.Yusupov kumush medal va 700 reyting ochkosiga ega bo‘ldi.
Shu tariqa O'zbekiston delegatsiyasi Antaliya “Katta dubulg‘a” musobaqasini 2 ta kumush va 3 ta bronza, jami 5 ta medal bilan yakunladi. 
Xalqaro turnirning birinchi va ikkinchi kunlari Diyora Keldiyorova (-52 kg.) kumush, Dilshodbek Baratov (60 kg.), Sardor Nurillayev (-66 kg) va Sharofiddin Boltaboyev (-81kg.) bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.



Aloqador xabarlar