Antaliyadagi “Katta dubulg‘a” turnirida o'zbek sportchilar ishtirok etadi

Bugun, 31 mart kuni 64 mamlakat dzyudochilari ertaga boshlanadigan “Katta dubulg‘a” turnirida ishtirok etish uchun Turkiyaning Antaliya shahrida jam bo‘lishdi.

1805185
Antaliyadagi “Katta dubulg‘a” turnirida o'zbek sportchilar ishtirok etadi

 

Bugun, 31 mart kuni 64 mamlakat dzyudochilari ertaga boshlanadigan “Katta dubulg‘a” turnirida ishtirok etish uchun Turkiyaning Antaliya shahrida jam bo‘lishdi.

Ular safida 17 nafar iqtidorli sportchidan iborat O‘zbekiston terma jamoasi ham bor. 
Xalqaro dzyudo federatsiyasi taqvimi asosida 1-3 aprel kunlari o‘tkaziladigan mazkur nufuzli musobaqa dzyudochilar uchun xalqaro reyting ballarini taqdim etishi bilan ahamiyatlidir. 


Tashkiliy qo‘mita tomonidan e’lon qilingan sportchilar ro‘yxatiga ko‘ra, o‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida 7 tadan vaznda o‘tadigan bahslarda 531 nafar sportchi ishtirok etadi. Shundan 316 nafar o‘g‘il va 215 nafar qizlar.  


Aytish lozim, O'zbekiston dzyudochilari 6 ta o‘g‘il hamda 5 ta qizlar o‘rtasidagi vazn toifasida medallar uchun kurash olib borishadi. 
Yana bir e’tiborli holat. Ertaga boshlanadigan ushbu xalqaro musobaqada Turkiya terma jamoasi eng katta tarkib - 41 nafar dzyudochi bilan qatnashmoqda. Shuningdek, Italiya, Fransiya, Germaniya, Mo‘g‘iliston, Qozog‘iston, Angliya, Braziliya, Ozarbayjon jamoalari 20 nafar atrofidagi sportchilar bilan ishtirok etmoqda. 


Antaliya bahslarida o'zbekistonlik Olimpiya o‘yinlari sovrindori Davlat Bobonovdan tashqari barcha yetakchi sportchilar hamda iste’dodli yoshlar bahslarga kirishish ostonasida turibdi. 


Jumladan, 60 kilogramm vaznda Dilshodbek Baratov va Kamron Nurillayev, 66 kg.da Sardor Nurillayev, 73 kg.da Murodjon Yo‘ldoshev va Shahram Ahadov, 81 kg.da Sharofiddin Boltaboyev va Muso Sobirov, 100 kg.da Muzaffarbek To‘raboyev, +100 kg.da O‘tkir To‘raboyev va Alisher Yusupov. Qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarda esa 48 kg.da Halimajon Qurbonova, 52 kg.da Diyora Keldiyorova, 57 kg.da Nilufar Ermaganbetova va Shukurjon Aminova, 70 kg.da Gulnoza Matniyazova va Shohista Nazarova hamda 78 kg og‘irlikda Irisxon Qurbonova qatnashishi belgilangan. 
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi mutaxassislarining bildirishicha, aynan ushbu turnir natijalari asosida joriy yil Xitoyda o‘tadigan Osiyo o‘yinlarida, jahon chempionati bahslarida Vatanimiz sharafini himoya qiladigan tarkib shakllantiriladi.  
Bugun “Katta dubulg‘a” turniri oldidan qur’a tashlash marosimi, ishtirokchi davlatlar uchun mandat komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.  


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Katta dubulg‘a

Aloqador xabarlar