Oʻzbekiston Mendeleyev xalqaro olimpiadasida 7ta medalni qoʻlga kiritdi

20-26 aprel kunlari onlayn tarzda boʻlib oʻtgan 55-Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasida 28 davlat vakillari ishtirok etdi. Ular orasida Avstriya, Xitoy, Turkiya, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Isroil, Xorvatiya, Vengriya va boshqa mamlakatlar bor.

1629195
Oʻzbekiston Mendeleyev xalqaro olimpiadasida 7ta medalni qoʻlga kiritdi

 

Kimyo boʻyicha 26 aprel kuni yakunlangan 55-xalqaro Mendeleyev olimpiadasida Oʻzbekistondan 7 nafar maktab oʻquvchilari ishtirok etib, ularning barchasi medallar sohibi boʻldi.

Bu haqda O’zbekiston Xalq taʼlimi vazirligi ma’lum qildi.

Oltin medal

Firdavs Sobirov - Buxoro shahar 35-umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquvchisi

4ta kumush medal

Azimjon Jamolov – Yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻquvchisi;

Sobirjon Amanov – Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi oʻquvchisi;

Nafisa Normurodova – Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi oʻquvchisi;

Durdona Muxtarxoʻjayeva – Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻquvchisi.

2ta bronza medal

Ikromiddin Boymahammadov – Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchisi;

Begzod Roʻziboyev – Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik listeyi

Xalqaro olimpiada ikki turda oʻtkazildi: ilk bosqichda barcha ishtirokchilar 8 ta majburiy masala ishlagan boʻlsa (jami 80 ball), ikkinchi bosqichda kimyo fanining 5 boʻlimiga oid 15 masaladan ixtiyoriy 5 tasini ishlash talab qilindi (jami 75 ball).

Xalqaro olimpiada Toshkent shahri Yunusobod tumani 9-Axborot texnologiyalarga ixtisoslashtirilgan maktabda oʻtkazildi va jarayonlar tashkiliy qoʻmita tomonidan jami 17 ta vebkamera va mikrofonlar orqali kuzatib borildi.

20-26 aprel kunlari onlayn tarzda boʻlib oʻtgan 55-Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasida 28 davlat vakillari ishtirok etdi. Ular orasida Avstriya, Xitoy, Turkiya, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Isroil, Xorvatiya, Vengriya va boshqa mamlakatlar bor.

Umumjamoa hisobida birinchi oʻrinda Rossiya -7ta oltin, ikkinchi oʻrinda Ruminiya – 4ta oltin, Oʻzbekiston, Turkiya, Turkmaniston va Ukraina jamoalari – 1tadan oltin medal sohibi boʻlishdi.


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Mendeleyev olimpiadasi

Aloqador xabarlar