O‘zbekistonlik yosh bokschilar xalqaro turnirda birinchi o‘rinni egalladi

Chernogoriyaning Budva shahrida 2002-2003 yillarda tug‘ilgan bokschilar o‘rtasida o‘tkazilgan "Adriatic Pearl" xalqaro turnirida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi aʼzolari mamlakat sharafini munosib himoya qildi.

1594293
O‘zbekistonlik yosh bokschilar xalqaro turnirda birinchi o‘rinni egalladi

 

O‘zbekistonlik yosh bokschilar Chernogoriyada o‘tkazilgan xalqaro turnirda umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi

Chernogoriyaning Budva shahrida 2002-2003 yillarda tug‘ilgan bokschilar o‘rtasida o‘tkazilgan "Adriatic Pearl" xalqaro turnirida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi aʼzolari mamlakat sharafini munosib himoya qildi.

Musobaqada Ibrohim Ishjonov, Amirshoh Samadov, Jahongir Zokirov, Farzona Fozilova hamda Nigina O‘ktamova o‘z vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Shahzod Muzaffarov, Dilshod Abdumurodov va Sabina Boboqulova kabi yosh bokschilar kumush medal bilan taqdirlandi.

Shuningdek,  Aydos Tagayboyev,  Sirojiddin Xo‘jahmetov,  Shohjahon Abdullayev, Feruza Qozoqova, Gulshoda Istamova, Sevinchxon Mirxonjonova, Sohiba Ro‘zmetova shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.

Turnirning  yakuniy natijasiga ko‘ra, O‘zbekistonlikbokschilar 5 ta oltin, 3 ta kumush va 7 ta bronza medalini jamg‘argan holda umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #xalqaro turnir , #Chernogoriya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar