Mesut O‘zilning Fenerbaxche bilan shartnomani qachon imzolashi ma’lum bo‘ldi

Mesut O‘zilning Fenerbaxche bilan shartnomani qachon imzolashi ma’lum bo‘ldi. Bu haqida jamoa rahbari Ali Koch ma'lumot berdi.

1569673
Mesut O‘zilning Fenerbaxche bilan shartnomani qachon imzolashi ma’lum bo‘ldi

Fenerbaxche jamoasi rahbari Ali Koch, taniqli futbolchi Mesut O‘zilning shartnomani imzolash marosimining qachon bo‘lishini ma’lum qildi.

Ali Koch kengash yig‘ilishida Mesut O‘zilning transferi haqida bayonotlar berdi.

Unda eng avvalo Mesutning jarohati yo‘qligini qayd etgan Fenerbaxche rahbari,

“Britaniyadagi qoidalarga ko‘ra ro‘yhatda nomi yo‘qligiga qaramay A jamoasi bilan jismoniy mashqlarga chiqdi. Karantin jarayoni bor edi. Buning ortidan imzo ishlari bo‘ladi. Mesut O‘zilning birinchi mashqiga ertaga oqshom chiqishini kutyapmiz”. – dedi.

O‘zilning 2 haftadan keyin asta – sekin sohalarga chiqa boshlashidan umidvor ekanini ta’kidlagan Koch,

“Hammasi o‘z yo‘lida davom etgudek bo‘lsa unda imzo marosimini haftaning seshanba yoki chorshanba kuni rejalashtiryapmiz”. – deya gapirdi.


Tanlangan kalimalar: #Mesut O‘zil , #Ali Koch , #Fenerbaxche

Aloqador xabarlar