O‘zbekistonlik polvonlar Germaniyada ikkita oltin medal sohibi bo'ldi
Germaniyaning Dyusseldorf shahrida dzyudo bo‘yicha "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi turnirda dunyoning 115 davlatidan 650 dan ziyod polvon g'oliblik uchun kuch sinashdi.
Germaniyaning Dyusseldorf shahrida dzyudo bo‘yicha "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi turnirda dunyoning 115 davlatidan 650 dan ziyod polvon g'oliblik uchun kuch sinashdi.
Unda ishtirok etgan O‘zbekistonlik polvonlar so‘nggi kungi bahslarda ikkita oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Musobaqada 100 kg vazn toifasida qatnashgan Muhammadkarim Xurramov dastlabki bosqichda Fransiya, Lanviya, Mo'g'uliston va Ozarbayjondan kelgan dzyudochilarni yenggan bo'lsa, yarim finalda Braziliyalik Rafael Buxakarinini, final jangida Ozarbayjonlik Elmar Gasimovni mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo'lga kiritdi.
Ikkinchi oltin medalni sohibi vazni 90 kilogrammgacha bo'lgan Davlat Bobonov finalga qadar Tojikiston, Qozog‘iston, Gruziya va Kuba vakillarini mag‘lubiyatga uchratdi. Final bellashuvida Ukrainalik Kuyedjau Nabaliga qarshi tatamiga chiqdi va raqibini ippon bahosi bilan mag‘lub etdi hamda shohsupaning eng yuqori pag'onasidan joy oldi.
Turnir yakuniga ko‘ra O‘zbekistonlik dzyudochilar umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egallashdi.