Prezident Erdog’an Mahmut O’mer Manuel Charrni qabul qildi

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdog’an suriyalik dunyo chempioni, boksyor Mahmut O’mer Manuel Charrni qabul qildi.

915705
Prezident Erdog’an Mahmut O’mer Manuel Charrni qabul qildi

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdog’an suriyalik dunyo chempioni, boksyor Mahmut O’mer Manuel Charrni qabul qildi.   

Prezidentlik qarorgohida matbuotga yopiq ravishda bo’lib o’tgan qabulda, rossiyalik boksyor Alexsandr Ustinovni mag’lub qilib birinchi marotaba dunyo chempionligini qo’lga kiritgan Charr, yutib olgan kamarini Prezident Erdog’anga taqdim etdi.

Kamarning betida marhum boksyor Muhammad Ali bilan Prezident Erdog’anning fotosuratining o’rin olganligi kuzatildi.

Qabulda Bosh vazir Binali Yildirim bilan Yoshlar va sport vaziri O’sman Ashkin Bak ham ishtirok etdi.

Dunyo chempioni boksyor Charr, oldin bergan bayonotida, yutib olgan kamarlarni, suriyaliklar uchun ko’rsatgan fidokorligi uchun minnatdorchilik bildirmoqchi bo’lgan turk xalqi va Prezident Erdog’anga taqdim etmoqchi ekanligini ifoda etgan edi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar