Matbuot sharhlari 16.04.2024

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

2128253
Matbuot sharhlari 16.04.2024

                             

Vatan gazetasi: “Prezident Erdo’g’an Qatar Amiri bilan muloqot qildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Qatar Amiri Al Tani bilan telefon orqali muloqot qildi. Muloqot chog’ida Turkiya-Qatar munosabatlari, global va mintaqaviy muammolar, Isroilning G'azoga hujumlari muhokama qilindi.

 

Hurriyat gazetasi: “Vazir Hakan Fidan Antonio Guterrish bilan muloqot qildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan kecha Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antonio Guterrish bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbat chog’ida mintaqadagi so'nggi o'zgarishlar, G'azodagi vaziyat, Kipr muammosi va Qora dengizda navigatsiya xavfsizligi muhokama qilindi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Eron-Isroil inqirozi boshlanishi bilan Turkiya razvedka tashkiloti rahbari Ibrohim Kalinning eshigi qoqildi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya milliy razvedka tashkiloti rahbari Ibrohim Kalin, AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Uilyam Berns bilan G'azodagi o't ochishni to'xtatish muzokaralari haqida fikr almashdi.

Burns Turkiyadan Eronning Isroilga hujum qilgani haqidagi mojarolarga vositachi bo'lishini so'radi. Ibrohim Kalin, shuningdek Hamasning siyosiy byurosi rahbari Haniyya bilan telefon orqali muloqot qildi.

Muloqotda otashkesim muzokaralari, G'azo xalqini uylariga qaytarish, mintaqaga gumanitar yordam yetkazish va asirlarni almashtirish masalalari muhokama qilindi.

 

Sabah gazetasi: “Istanbul aeroporti Yevropadagi eng gavjum aeroportga aylandi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Istanbul aeroporti 1-7 aprel oralig'ida kuniga o'rtacha 1412 reys bilan Yevropaning eng gavjum aeroporti deb topildi.

 

Star gazetasi: “Bu davrda Turkiya bilan hamkorlik juda muhim” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Pokistonning BMTdagi doimiy vakili Munir Akram, Turkiya-Pokiston munosabatlariga to’xtalar ekan, “Bu noaniqlik va beqarorlik davrida hamkorligimiz Yevropa, Yaqin Sharq va Osiyo uchun juda muhim” dedi.


Tanlangan kalimalar: #matbuot , #gazeta , #Turkiya

Aloqador xabarlar