Matbuot sharhlari 15.04.2024

Turkiya gazetalaridan sharhlar...

2127702
Matbuot sharhlari 15.04.2024

 

Xabar turk gazetasi: “Tashqi ishlar vazirligi vazminlikka chaqirdi” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya tashqi ishlar vazirligi Eron-Isroil tarangligi bilan bog'liq bayonotda tomonlarni mo'tadillikka chaqirdi. "Isroil Eronning Damashqdagi elchixonasiga qarshi xalqaro huquqni buzgan hujumi xavotirlarimizni oqladi. Eronning bu hujumga javob qaytarishi va undan keyingi voqealar ziddiyatning tezda mintaqaviy urushga aylanishi mumkinligini yana bir bor ko'rsatdi" deyiladi bayonotda.

 

Star gazetasi: “Fidan: Tanglikni kuchaytiradigan qadamlarni bas qilish kerak” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Emir Abdullahiyonga, Isroilga qarshi javob choralari ortidan mintaqada taranglikni kuchaytiradigan qadamlardan uzoq turishni maslahat berdi.

 

Sabah gazetasi: “Turkiyadan vositachilik ro’li” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, xalqaro hamjamiyat Eronning Isroildan qasos olishi haqida gapirar ekan, rasmiy Anqaraning hujum oldidagi muhim roli e'tiborni tortmoqda. Eron va AQShning o'zaro talablari Turkiya orqali tomonlarga yetkazildi.

 

Yeni shafak gazetasi: “Sinjar hududiga qadar “Xavfsizlik chizig’i” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Turkiyaning Iroq shimolidagi harbiy operatsiyalarining birinchi bosqichida terror tashkiloti PKKni qo’llab-quvvatlagan qishloq hududlari terroristlardan tozalanadi. Keyin Hakurkdan Metina, Zap, Avashin va Haftanin hududigacha cho'zilgan terror liniyasi yo'q qilinadi. Keyingi bosqichda “Xavfsizlik chizig’i” ostidagi Mahmur, Sulaymoniya, Qandil va Sinjar hududlarida harbiy operatsiyaga start beriladi.

 

Hurriyat gazetasi: “Yunon vazirdan Turkiyaga taklif” sarlavhasi bilan xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Gretsiya Tashqi ishlar vaziri Yorgo Yerapteritis Turkiya-Gretsiya munosabatlari haqida iliq so’zlarni tilga oldi.

“Farzandlarim barmoqlari tetikda bo'lmagan hududda yashashlarini xohlayman. Men ularga sokin mahallani ishonib topshirmoqchiman”, dedi Gretsiya Tashqi ishlar vaziri.

 

 


Tanlangan kalimalar: #gazeta , #matbuot , #Turkiya

Aloqador xabarlar