Matbuot sharhlari 18.05.2021

Bugungi turk matbuotida o'rin olgan bazi muhim yangiliklarning qisqacha to'plami.

1641451
Matbuot sharhlari 18.05.2021

Haber Türk gazetasi: Erdogan Baydenga, “Qonli qollaring bilan tarix yozyapsiz”. - dedi. Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Amerika Qo‘shma Shtatlarining Isroilga qurol sotilishiga ruxsat berishiga e’tiroz bildirdi. Erdo‘g‘an AQSh Davlat rahbari Jo Baydenga “Jiddiy ma’noda nomutanosib hujumlar orqali G‘azoga qo‘l solgan va yuz minglab insonning o‘limiga yo‘l ochgan bu voqeada afsuski, siz qonli qo‘llaringiz bilan tarix yozyapsiz”. - dedi.

Hürriyet gazetasi: Erdogan Quddus masalasini hal qilish taklifini taqdim etdi. Prezident Erdo‘g‘an Kiprda bo‘lganidek Falastinda ham muammoni adolatli ravishda ikki davlatga asoslangan yo‘llardan hal qilinishi tarafdori ekanliklarini qayd etgan holda,  “Har qanday platformada poytaxti Quddus bo‘lgan Falastin davlatining qurilishi uchun harakat qilamiz”. - dedi. Erdo‘g‘an, Quddusning uch din vakillari tomonidan boshqarilishining bugungi kun shartlarida eng maqul yo‘l bo‘lishini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.

Star gazetasi: Isroilga boykot e’lon qilish taklifi. Bosniya va Gertsegovinada Demokratik Harakat partiyasi raisi Bakir Izetbegovich, Prezident Erdo‘g‘anni falastinliklarga qarshi qo‘l urilgan hujumlarga qarshi eng baland ovoz bilan e’tiroz bildirgan kamdan - kam liderlardan biri ekanini qayd etdi. Isroil bombalagan binolardan jonsiz yosh bolalar jasadlarining chiqarilganini ta’kidlagan Izetbegovich, musulmonlarni Isroilga boykot e’lon qilishga chaqirdi.

Vatan gazetasi: PKKga ogir zarba. PKK terror tashkilotining Suriyadan mas’ul va “Sofi Nurettin” degan kod nomidagi a’zosi Milliy Razvedka tashkiloti tomonidan Iroqning shimolida uyushtirilgan amaliyot orqali yo‘q qilindi. PKKning eng oliy darajadagi yetakchilaridan biri bo‘lgan suriyalik bu terrorist, anchadan beri tashkilotning qurolli qanotining javobgarchiligini olib borar ekan ortidan ham Suriyadagi terror faoliyatlariga yetakchilik qilgandi.  

Sabah gazetasi: Turkiya dunyoga insonlikdan saboq bermoqda. Turkiya dunyoga insonlikdan saboq berishni davom etmoqda. Izmirning Seferixisar tumani qirg‘og‘idan uzoq nuqtada faoliyat olib borgan Sohil Xavfsizlik xodimlariga oid uchoq tomonidan puflangan qayiqlar ichidagi bir guruh noqonuniy muhojirning, Gretsiya unsurlari tomonidan Turk hududiy suvlarida qoldirilgani aniqlandi. Xizmatdagi Sohil Xavfsizlik qayiqlari 2 ta puflangan qayiqdagi 32 nafar noqonuniy muhojirni qutqardi.  

 



Aloqador xabarlar