Fransiya Parij Olimpiada o‘yinlariga mezbonlik qiladi

8-may kuni Olimpiada mash'ali Fransiya hududiga yetib keldi, shu kundan buyon bayramni nishonlashga qaratilgan 23 ta tadbir o‘tkazildi.

2139121
Fransiya Parij Olimpiada o‘yinlariga mezbonlik qiladi

 

Ma'lumki, Fransiya 2024-yilgi Parij Olimpiada o‘yinlariga mezbonlik qilishga tayyorlanmoqda. Shu kunlarda mamlakatda Olimpiada tadbirlari norozilik namoyishlari tufayli to‘xtatilmoqda.

8-may kuni Olimpiada mash'ali Fransiya hududiga yetib keldi, shu kundan buyon bayramni nishonlashga qaratilgan 23 ta tadbir o‘tkazildi.

Ushbu norozilik namoyishlarining 4 tasi Olimpiya oʻyinlariga qarshi faollar, 7 tasi Falastin tarafdorlari va baʼzilari ekologlar tomonidan oʻtkazilgan.

Gretsiyadan yo'lga otlangan Olimpiya mash’alasi 8 may kuni Fransiyaning Marsel shahriga ko‘p asrlik yelkanli “Belem” kemasida yetib kelgandi.

Olimpiada mash'ali 26 iyul kuni Parij-2024 Olimpiadasi ochilishiga qadar Fransiyaning 400 dan ortiq hududidan olib o'tiladi.

Fransiya 26 iyul - 11 avgust kunlari Olimpiya o'yinlariga mezbonlik qiladi.


Tanlangan kalimalar: #Fransiya

Aloqador xabarlar