Zelenskiy harbiy safarbarlik shartlarini kuchaytiruvchi qonunni ma’qulladi

Ukraina parlamenti saytida Zelenskiyning safarbarlik, harbiy ro‘yxatga olish va harbiy xizmat bilan bog‘liq ayrim masalalarni takomillashtirish maqsadida yangi safarbarlik qonunini imzolagani bildirildi.

2128857
Zelenskiy harbiy safarbarlik shartlarini kuchaytiruvchi qonunni ma’qulladi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy harbiy safarbarlik shartlarini kuchaytiruvchi qonunni ma’qulladi.

Ukraina parlamenti saytida Zelenskiyning safarbarlik, harbiy ro‘yxatga olish va harbiy xizmat bilan bog‘liq ayrim masalalarni takomillashtirish maqsadida yangi safarbarlik qonunini imzolagani bildirildi.

Qonun rasmiy ravishda e’lon qilingan kundan boshlab 1 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Ukraina parlamenti 11 - aprel kuni harbiy safarbarlik shartlarini kuchaytiruvchi qonun loyihasini qabul qilgandi.

Mazkur qonunga ko‘ra safarbarlik chog‘ida 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar harbiy ro‘yxatga olish bo‘yicha berilgan guvohnomasini har doim o‘zlari bilan olib yurishlari, tegishli xodimlar tomonidan talab qilinganida ko‘rsatishlari zarur.

Bundan tashqari, chet elda bo‘lgan va harbiy ro‘yxatga olish hujjatiga ega bo‘lmaganlar yangi pasport ola olmaydilar.

Qonun e’lon qilinganidan keyin harbiy xizmatni o‘tashi shart bo‘lgan barcha shaxslar 60 kun ichida yashash manzili, aloqa ma’lumotlari va harbiy ro‘yxat haqidagi ma’lumotlarini yangilashlari shart.

18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan va harbiy xizmatdan mas’ul shaxslar faqatgina harbiy xizmatga oid ma’lumotlarini yangilaganlarida, Ukrainaning chet eldagi diplomatik vakolatxonalarida konsullik xizmatlarini olishlari mumkin.

 

 



Aloqador xabarlar